Moskvada Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

© IA "Dunyo"Moskvadagi O‘zbekistonning Birinchi prezidenti haykali
Moskvadagi O‘zbekistonning Birinchi prezidenti haykali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
Moskvada Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Moskvada Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deya xabar berdi “Dunyo”AA.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonsi, elchi Botirjon Asadov boshchiligidagi diaspora tashkilotlari rahbarlari Moskvadagi Islom Karimov maydoniga tashrif buyurishdi.
O‘zbekistonning Birinchi prezidenti xotirasiga hurmat hurmat bajo keltirilib, Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.
Bugun O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni. Islom Karimov 1938-yilda tug‘ilgan. Karimov mamlakatni 25-yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Qabr poyiga gul qo‘yib, Birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Yangiliklar lentasi
0