Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egalladi

Obuna bo‘lish
Istanbulda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVIII jahon chempionati va ayollar o‘rtasida IX jahon chempionati sovrinlarning birinchi to‘plami uchun kurashlar boshlandi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘tayotgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVIII jahon chempionati va ayollar o‘rtasida IX jahon chempionati sovrinlarning birinchi to‘plami uchun kurashlar boshlandi.
© press-slujbi MChS
Sbornaya Uzbekistana dobilas istoricheskogo rezultata na Chempionate mira - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© press-slujbi MChS
Sbornaya Uzbekistana dobilas istoricheskogo rezultata na Chempionate mira - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© press-slujbi MChS
Sbornaya Uzbekistana dobilas istoricheskogo rezultata na Chempionate mira - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© press-slujbi MChS
Sbornaya Uzbekistana dobilas istoricheskogo rezultata na Chempionate mira - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Sportchilar 4 tur bo‘yicha g‘olib va sovrindor o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
“Turnirning erkaklar o‘rtasida o‘quv minorasi qavatlariga ishg‘ol qilish narvoni orqali ko‘tarilish bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz o‘z tarixida ilk bor umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi”, deyiladi xabarda.
Mutaxassislar fikricha O‘zbekiston terma jamoasi turnir favoritlari qatoridan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Samarqandda o‘tkazilgan Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egallagan edi. Musobaqa davomida 30 ga yaqin davlatlarning jamoalari "NEXIA 3" rusumidagi 2 ta avtomobil hamda 60 ta medallar to‘plami uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Yangiliklar lentasi
0