Bugun Toshkentning 2 tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKran v vannoy komnate, arxivnoe foto
Kran v vannoy komnate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ta’minot quvuridagi avariya va avariyaviy ishlar olib borilishi munosabati bilan issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Bugun, 4-sentabr kuni Toshkent shahri Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ta’minot quvuridagi avariya va avariyaviy ishlar olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:
Mirobod tumani: Oybek, Xonzodabegim, Shevchenko, Turkiston, A. Temur, Nukus, Moshtabib, S. Azimov, S. Baraka, Fidokor, Shahrisabz, Istiqbol ko‘chalari.
Yashnobod tumani: Ya. G‘ulomov, Maxtumquli, To‘ytepa, Elbek ko‘chalari.
Avariyaviy ishlar tugallangandan keyin (taxminan bugun soat 20:00 gacha) issiq suv ta’minoti tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0