Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII yagona energetika bozori O‘zbekistonga nima beradi — ekspert

© Sputnik / Vladimir TrefilovEkspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov.
Ekspert Finansovogo universiteta pri Pravitelstve RF, vedushiy analitik Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Igor Yushkov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
Igor Yushkovning fikricha, yagona bozor o‘zaro hamkorlikni osonlashtiradi va, ehtimol, energiya resurslari narxini yanada pasayishiga olib keladi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona energiya bozorini yaratish ustida ishlamoqda. Bu nimani anglatadi va bunday bozorning paydo bo‘lishi O‘zbekiston va YeOII o‘zaro hamkorligiga qanday ta’sir qilishini Rossiya Milliy energetika xavfsizligi jamg‘armasi eksperti Igor Yushkov Sputnik muxbiriga tushuntirib berdi.
Ekspertning fikricha, yagona energiya bozorining yaratilishi Ittifoq mamlakatlari jarayonlarni sinxronlashtirishi va energetika sohasida umumiy “o‘yin qoidalari”ni qabul qilishini anglatadi. Ushbu jarayonning natijalaridan biri bozor ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini soddalashtirish bo‘ladi.

"Umumiy o‘yin qoidalari belgilanishi va umumiy bozor yaratilishi kompaniyalar tomonidan tijorat shartnomalari tuzish va o‘zaro munosabatlarni soddalashtiradi", - deb ta’kidladi Igor Yushkov.

O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik hozir ham rivojlanib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yagona energiya bozori bunday hamkorlikni soddalashtiradi.
Bunday bozorning yana bir ijobiy tomoni — energiya resurslarininig nisbatan arzon (raqobat ta’sirida) narxlarning paydo bo‘lish ehtimoli bor. Ammo bu yagona bozor doirasidagi o‘zaro munosabatlar qanday tashkil etilishiga bog‘liq, deb tushuntirdi Yushkov.
“Agar (bo‘lajak yagona bozorda - tahr.) qoidalar Rossiyaning ichki gaz bozoridagi kabi bo‘lsa, masalan, O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni nafaqat "Gazprom", balki "Rosneft" va "Novotek" kabi yirik gaz ishlab chiqaruvchilar ham amalga oshirishi mumkin bo‘lsa, ular ushbu bozorlarda bir-biri bilan raqobatlashsa, iste’molchi yaxshiroq narxlarga ega bo‘lishi mumkin ", dedi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida "UzGaztrade" AJ “Gazprom eksport” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Kelishuv doirasida Rossiya 2023-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekistonga kuniga to‘qqiz million kub metr tabiiy gaz yetkazib berishni boshlaydi. Yillik hajmi qariyb ikki milliard 800 million kub metrni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0