O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi o‘tkaziladi

© Depositphotos.com / PressmasterRuki na klaviature
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
Vazirga ko‘ra, olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘riladi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 2026 yilda O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi 2026-yilda O‘zbekistonda ushbu olimpiadani o‘tkazish uchun ariza bergan. Komissiya a’zolari esa IOI 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’qullaganini e’lon qildi.
Vazirga ko‘ra, olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik o‘quvchilar Dilorbek Valijonov va Dilshodbek Xo‘jayev ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozongandi.
Yangiliklar lentasi
0