Rossiya OTMlarida kvota bo‘yicha o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

© Sputnik / Kristina KormilisinaLomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU).
Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
Joriy o‘quv yilida Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarning ta’lim olishi uchun kvotani 800 o‘ringa oshirdi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. 2024-2025 o‘quv yili uchun RF hukumati kvotasi bo‘yicha Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, deb xabar qildi Toshkentdagi Rossiya uyi matbuot xizmati.
O‘zbekistonlik abituriyentlar Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi portalida xorijiy fuqarolar kirishi mumkin bo‘lgan Rossiya universitetlarining dasturlari bilan tanishishlari mumkin.
Ro‘yxatga olish education-in-russia.com veb-saytida 2023-yil 1-sentabrdan 1-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti;
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat;
shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik berish;
shaxsiy yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot (agar mavjud bo‘lsa);
universitetdan tavsiyanoma (agar mavjud bo‘lsa);
ariza formasi.
Hujjatlar PDF formatida veb-saytga yuklanishi kerak.
Saytda ro‘yxatdan o‘tishda Yandeks va Mail.ru pochta xizmatlaridan foydalangan ma’qul, chunki Google, Yahoo, icloud xizmatlari vaqtincha ishlamayapti, deya ogohlantirdi matbuot xizmati.
Toshkentdagi Rus uyidan (dushanba-juma soat 10.00 dan 17.00 gacha Yunus Rajabiy ko‘chasi, 63-uy) kvotaga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot olish mumkin.
Kuni kecha Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin yaqinlashib kelayotgan o‘quv yilida Rossiya o‘zbeklar uchun bepul ta’lim olish uchun ajratiladigan kvotalar sonini 800 tagacha oshirishini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0