Si Szinpin G20 sammitida qatnashmasligidan Baydenning hafsalasi pir bo‘ldi - OAV

© AP Photo / Evan VucciJo Bayden
Jo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
Navbatdagi G20 sammiti 9-11 sentabr kunlari Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpin Hindistondagi G20 sammitiga kelmasligi mumkinligidan afsus bildirdi, xabar berdi “Reuters”.
“Hafsalam pir bo‘ldi... Lekin men u bilan uchrashmoqchiman”, — degan Bayden.
Juma kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin brifingda Xitoy rahbari Si Szinpinning Hindistondagi G20 sammitiga borish yoki bormasligi haqida hech qanday ma’lumot bermadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Xitoy rahbari Si Szinpin sentabr oyida G20 sammitida ishtirok etish uchun Nyu-Dehliga shaxsan tashrif buyurishiga umid bildirgan edi.
Navbatdagi G20 sammiti 9-11 sentabr kunlari Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya tomonidan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0