MB xalqaro pul o‘tkazmalari cheklovi yuzasidan tushuntirish berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovO‘zbekiston Markaziy banki binosi, arxiv surat
O‘zbekiston Markaziy banki binosi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda xalqaro to‘lov xizmatlariga hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki (MB) to‘lov tashkilotlari uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalariga doir o‘rnatilayotgan cheklovlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Regulyator xabariga ko‘ra, “Brio Group” (“Oson” brendi)MChJ to‘lov tashkiloti Ichki nazorat qoidalarining (ro‘yxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) 31¹-bandi talablari, ya’ni oluvchisi va (yoki) jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan ma’lumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralarni ko‘rmagan.
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslarga chet elda hisobvaraqlar ochish va undagi valyuta mablag‘larini tasarruf etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
“Biroq amaliyotda “Brio group” MChJ (“Oson”) to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali yuqoridagi Qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan”, - deyilgan xabarda.
“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonun 4-moddasiga asosan to‘lov tashkiloti – bank hisoblanmaydigan, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Shuningdek, to‘lov tashkilotlari Markaziy bank litsenziyasi asosida respublika hududida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega.
Shu bilan birga, to‘lov xizmatlari – to‘lov yetkazib beruvchining (to‘lov tashkiloti) to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga (mijozga) ko‘rsatadigan xizmati bo‘lib, bunda to‘lov tashkilotlari bevosita tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida ishtirok etmaydi va to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarlarga yetkazib berish hamda ulardan qabul qilish xizmati ular uchun tashqi savdo operatsiyasi hisoblanmaydi.
“Shu munosabat bilan, to‘lov tashkilotlari o‘z mijozlarining to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarga yetkazib berish amaliyotlarini tashqi savdo operatsiyasi sifatida tasniflab, qabul qilingan mablag‘larni boshqa valyutalarga ayirboshlashlari, shuningdek, transchegaraviy va davlatlararo tranzit tashkiloti sifatidagi operatsiyalarda ishtirok etishlari qonunchilikka muvofiq emas”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda xalqaro to‘lov xizmatlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalari, shuningdek, xalqaro onlayn xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan. Tijorat banklarining platformalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
MB bundan keyin ham to‘lov tashkilotlari faoliyatida qonunchilik buzilishi holatlarini muntazam ravishda nazorat qilib, to‘lov tashkilotlari qonunchilik doirasida faoliyat yuritishlari borasida barcha choralarni ko‘rishini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0