Britaniya Ukrainada “Challenger 2” tanki yo‘q qilinganini tan oldi

© AFP 2023 / Jaap ArriensChallenger 2 tanki
Challenger 2 tanki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Tankni Rossiya artilleriyasi yakson qilgan. Bu 30-yil ichida birinchi marta bunday tankning yakson qilishi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Shapps Ukrainadagi maxsus operatsiyada “Challenger 2” tanki yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu qariyb 30-yil davomida bunday tankning birinchi marta yakson qilinishi.
“Men ma’lumot to‘g‘riligini tasdiqlay olaman. Ehtimol, bizga ma’lum bo‘lishicha, bu ilk yo‘qotish”, - dedi u “Sky News” telekanali efirida.
Shepps tankni Rossiya artilleriyasi yakson qilganiga aniqlik kiritgan. “Challenger 2” zarbalar ostida qolgan va yonib kelgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida yana zarbalar ostida qolgan. Tank ekipaji omon qolgan.
Shappsning so‘zlariga ko‘ra, bunday yo‘qotishlar harbiy mojarolarga xos. U London Kiyevga yo‘qotilgan tank o‘rniga yangisini yuborishni rejalashtirmayotganini qo‘shimcha qilgan. Britaniya Ukrainaga jami 14 ta tank bergan.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda alanga olgan “Challenger 2” tanki aks etgan video tarqalgan edi.
Yangiliklar lentasi
0