O‘zbekiston va Belarus tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenat raisi Tanzila Narbayeva va Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko
Senat raisi Tanzila Narbayeva va Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Senat raisi Tanzila Narbayeva va Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Minskda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko bilan uchrashdi. Bu haqda yuqori palata matubot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda oliy darajada o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot yo‘lga qo‘yilgani tufayli O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yangi darajaga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi bir necha baravar ortib, 2022-yilda 500 mln dollardan oshdi. Joriy yil boshidan beri bu ko‘rsatkich yana 37 foizga (346 mln dollar) o‘sdi.
“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish uchun qonunchilik darajasida birgalikda amalga oshiriladigan ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hukumatlararo komissiyaning 10-majlisini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning huquqiy jihatlariga ko‘mak berish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni ilgari surishdan, shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani alohida qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, madaniy-gumanitar aloqalar ham muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, ikki mamlakat vakillari har ikki davlatda tashkil etilayotgan madaniyat kunlarida, jumladan turli festival va tanlovlar, sport tadbirlarida faol ishtirok etmoqda. Ikki davlat ilmiy tashkilotlarida yosh olimlarning qisqa muddatli amaliyotini o‘tkazishni davom ettirish lozimligi aytib o‘tildi.
Muloqot yakunida ayollarni tadbirkorlik va innovatsion faoliyatga, IT sohaga, biotexnologiyaga faol jalb etish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning qo‘shma rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Senat raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Narbayeva Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko, Belarus Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi. Shuningdek, Senat raisi O‘zbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinchi biznes-forumida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0