O‘zbekiston 461,2 ming tonna chiqindidan tozalandi

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
"Obodonlashtirish oyligi" davomida 3 milliard so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Respublika bo‘yicha hududlar jami 461,2 ming tonna chiqindidan tozalandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Mustaqilligining 32-yilligi arafasida butun respublika bo‘ylab "Obodonlashtirish oyligi" o‘tkazildi.
Xorazm viloyati jami 32 ming 395 tonna qattiq maishiy va boshqa turdagi chiqindilardan tozalandi.
Quyidagi hududlardagi chiqindilar poligonlarga joylashtirildi:
Surxondaryoda 18,9 ming tonna chiqindi;
Namanganda jami 29,8 ming tonna chiqindi;
Andijonda 24,5 ming tonna chiqindi;
Toshkent viloyatida 22,6 ming tonna chiqindi;
Samarqandda 63,2 ming tonna chiqindi.

“Respublika bo‘yicha oylik davomida jami 461,2 ming tonna maishiy chiqindilar hududlardan olib chiqib ketildi va poligonlarga joylashtirildi. Qolaversa, 909 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalari ta’mirlandi”, - deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, "Obodonlashtirish oyligi" davomida jami 4 039 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 3 milliard so‘mdan ortiq ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Yangiliklar lentasi
0