Tarixda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

© unsplash/Ozodbek ErkinovPloshad Registan v Samarkande.
Ploshad Registan v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.
Tadbir 160 ga yaqin davlatdan turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi davlat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va turistik biznes vakillarini birlashtiradi.
Bugunga kelib, Saudiya Arabistoni, Albaniya, Ozarbayjon, Bagama, Baxreyn, Gvatemala, Gaiti, KotDivuar, Indoneziya, Monako, Niger, Panama, Portugaliya, Siyerra Lione, Ukraina, Urugvay, Yaman kabi mamlakatlarning turizm idoralari rahbarlari Samarqandga kelishi kutilmoqda.
O‘zbekiston keyingi 2023-2027 yillar uchun UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi. Bu UNWTO Ijroiya kengashi tomonidan qabul qilinadigan muhim qaror va hujjatlar, ularda a’zo davlatlar ishtirokining haqqoniyligi va tamoyillarga mosligini nazorat qilish vakolati O‘zbekistonga ishonib topshirilganligini bildiradi.
Bosh Assambleyaning 25-sessiyasi doirasida turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari yalpi sessiyalar va boshqa qator keng miqyosli anjumanlarda muhokama qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0