Sport tadbiriga yondashuv bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi— Rossiya sport vaziri

© Minsporta UzbekistanaFestival Etnosporta v Xive
Festival Etnosporta v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Obuna bo‘lish
Sportchilar Xivada nafaqat sport bayrami ruxini, balkim, sport ushbu yurtning qadimiy madaniyati ekanini ham his qilishadi - Matitsin.
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonning sport tadbiriga yondashuvi bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi, deydi Rossiya sport vaziri Oleg Matitsin. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Ushbu sport tadbiri qadimiy Xivada bo‘lib o‘tayotgani juda muhim ahamiyatga ega. Chunki sportchilar bu yerda nafaqat sport bayrami muhitini, balkim ular sport qadimdan ushbu mamlakat va ushbu shahar madaniyatining bir qismi ekanini ham his qilishadi.

Bugun biz tarixiy maydonlarda jihozlangan sport arenalarni tomosha qildik. Sportchilar uchun bu biroz noodatiy bo‘lishi mumkin, lekin bu bizni ijobiy ma’noda hayratlantirdi. Bu sport imidjini yaratishda yangi yondashuv", - dedi Matitsin.

Eslatib o‘tamiz, Xivada 7-10 sentabr kunlari xalqaro etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 63 davlatdan 1800 dan ortiq sportchi, chet davlatlar sport delegatsiyalari ishtirok etadi. Sport vaziri Oleg Matitsin boshchiligidagi Rossiya delegatsiya ham ushbu festivalga taklif qilingan.
© Sputnik/Anna JelixovskayaV Xive proxodit mejdunarodniy festival etnosporta
V Xive proxodit mejdunarodniy festival etnosporta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2023
Yangiliklar lentasi
0