Ajdodlar xotirasiga sodiq: Putin donbassliklarni tabrikladi — video

© Sputnik / Nadejda Chicherova / Mediabankka o‘tishRekonstruksiya memorialnogo kompleksa Saur-Mogila
Rekonstruksiya memorialnogo kompleksa Saur-Mogila - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Obuna bo‘lish
Qayta tiklangan "Saur-mogila" yodgorligida qahramon ota-bobolar siymolari yonida ularning munosib avlodlari — Donbassning yangi qahramonlari obrazlari aks ettirilgan.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Donbass fashistlardan ozod qilingan kun munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarni bayram bilan tabrikladi.
"1943 yilning 8-sentabr kuni mamlakatimiz tarixida muhim sana. Ushbu kunda bundan 80-yil oldin dushmanga bo‘yso‘nmagan Donbass fashistlardan ozod qilingan edi.
2014 yildagi janglar davomida vayron bo‘lgan "Saur-mogila" yodgorligi bugun to‘liq qayta tiklandi. Qahramon ota-bobolar siymolari yonida ularning munosib avlodlari, Donbassning yangi qahramonlari obrazlari aks ettirilgan. Man shu bizning Rossiya — o‘zining yagona tarixi, buzilmas an’analari va ajdodlari xotirasiga doim sodiq.
Men, bugun Donbass xalqini va butun Rossiyani Donbass ozod etilgan kun bilan chin yurakdan tabriklayman", - dedi Rossiya prezidenti.
Donesk shahrida Ulug‘ vatan urushi qahramonlari xotirasiga o‘rnatilgan "Saur-Mogila" yodgorligi 2014-yilda UQK bilan bo‘lgan janglar vaqtda porlatib yuborilgan edi.
1943 yil 8-sentabr kuni Stalino shahri — hozirgi Donesk ozod qilingan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2023
Stalino — hozirgi Donesk shahri fashistlardan qanday ozod qilingan edi - tarixiy video
Yangiliklar lentasi
0