https://oz.sputniknews.uz/20230908/armaniston-sputnik-sharhlovchisi-gevorkyan-hibs-38698982.html
Armanistonda Sputnik sharhlovchisi Gevorkan hibsga olindi
Armanistonda Sputnik sharhlovchisi Gevorkan hibsga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkan va Rossiyaga xayrixoh bloger Mikayel Badalyan Armaniston janubidagi Goris shahrida qo‘lga olindi. Armaniston Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Badalyan va Gevorkan “o‘qotar qurollarning noqonuniy savdosi” moddasi bilan qo‘lga olingan.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ularning hibsga olishiga munosabat bildirdi.
2023-09-08T12:44+0500
2023-09-08T12:44+0500
2023-09-08T12:52+0500
armaniston
rossiya tiv
rossiya
mariya zaxarova
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/08/38698365_0:89:1361:855_1920x0_80_0_0_5ee2f8986d99493884480bf56d7dd27b.png
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkan va Rossiyaga xayrixoh bloger Mikayel Badalyan Armaniston janubidagi Goris shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.Armaniston Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Badalyan va Gevorkan “o‘qotar qurollarning noqonuniy savdosi” moddasi bilan qo‘lga olingan.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ularning hibsga olishiga munosabat bildirdi.Sputnik Armaniston xabariga ko‘ra, Gevorgan chegara hududlaridagi hayot haqida o‘zining “Biz” (“Mi”) nomli mualliflik loyihasi uchun radiomateriallar tayyorlash uchun Sunik shahriga borgan.Shuningdek, qardosh Rossiya va Armaniston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikka putur yetkazish bo‘yicha ehtimoliy provokatsiyalarga zudlik bilan chek qo‘yish zarurligi ta’kidlangan.O‘z navbatida, Gevorkanning advokati u noqonuniy qurol savdosi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Advokat Gevorkan ham Badalyan kabi 72 soatga - qonunda ko‘zda tutilgan muddatga hibsga olinganini ta’kidlagan.
armaniston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/08/38698365_0:84:1009:841_1920x0_80_0_0_b6cacdda6e31c61d12dced1785d0403a.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
armaniston sputnik sharhlovchisi ashot gevorkan
armaniston sputnik sharhlovchisi ashot gevorkan
Armanistonda Sputnik sharhlovchisi Gevorkan hibsga olindi
12:44 08.09.2023 (yangilandi: 12:52 08.09.2023) Gevorgan chegara hududlaridagi hayot haqida o‘zining mualliflik loyihasi uchun radiomateriallar tayyorlash uchun Sunik shahriga borgan.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkan va Rossiyaga xayrixoh bloger Mikayel Badalyan Armaniston janubidagi Goris shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Armaniston
xabar berdi. Armaniston Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Badalyan va Gevorkan “o‘qotar qurollarning noqonuniy savdosi” moddasi bilan qo‘lga olingan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ularning hibsga olishiga munosabat bildirdi.
“Bu Yerevanda Rossiya-Armaniston media-forumi o‘tkazilishi munosabati bilan navbatdagi provokatsiya ekanligini istisno qilmayman. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni buzishni istayotganlarning provokatsiyasi. G‘arb esa bunga ko‘p sarmoya kiritmoqda”, - deya
yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.
Sputnik Armaniston xabariga ko‘ra, Gevorgan chegara hududlaridagi hayot haqida o‘zining “Biz” (“Mi”) nomli mualliflik loyihasi uchun radiomateriallar tayyorlash uchun Sunik shahriga borgan.
“Biz Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkanning hibsga olinishini kuzatmoqdamiz. Jurnalistning hibsga olinishi, ayniqsa Armaniston-Rossiya media forumi paytida, eng ishonchli asoslarni talab qiladi. Biz barcha protsessual meyorlarga rioya qilish va tergovning xolisligiga umid qilamiz”, — deya
ma’lum qilgan “Rossiya segodnya” matbuot xizmati.
Shuningdek, qardosh Rossiya va Armaniston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikka putur yetkazish bo‘yicha ehtimoliy provokatsiyalarga zudlik bilan chek qo‘yish zarurligi ta’kidlangan.
O‘z navbatida, Gevorkanning advokati u noqonuniy qurol savdosi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ishga aloqasi yo‘qligini
ma’lum qilgan. Advokat Gevorkan ham Badalyan kabi 72 soatga - qonunda ko‘zda tutilgan muddatga hibsga olinganini ta’kidlagan.