Toshkentning 8 ta tumani issiq suv ta’minotidan uziladi — kun va manzillar

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSezonnoe otklyuchenie gorachey vodi
Sezonnoe otklyuchenie gorachey vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentning qator tumanlarida issiq suv ta’minoti besh kunga o‘chiriladi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentning 8 ta tumanidagi qator ko‘chalarda issiq suv ta’minoti besh kunga o‘chiriladi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida 11-15 sentabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filialining faoliyati to‘liq to‘xtatiladi.
Shu sababli, poytaxtning qator manzillarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.
Issiq suv bo‘lmaydigan manzillar:
1.
Mirobod tumani: Nukus, Avliyo ota, Mirobod, Katta mirobod, Afrosiyob, Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, Istiqbol, Shahrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshog‘och, H.Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, I.Karimov ko‘chalari, Katta Mirobod 1-tor, Mironshoh 7-tor, Nukus 1-berk ko‘chalari;
2.
Chilonzor tumani: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 16, 17, 18, 19, 20a, E, S, I-24 mavzelari, Muqimiy, Lutfiy, Do‘mbrobod, Arnasoy, Naqqoshlik, Chilonzor, Bog‘iston, Nafosat, Cho‘ponota ko‘chalari;
3.
Mirzo Ulug‘bek tumani: A.To‘qay, O‘zbekiston ovozi ko‘chalari;
4.
Shayxontohur tumani: Oqtepa mavzesi, Gulxaniy, Samarqand darvoza, Yesenin, Nurafshon va Uvaysiy ko‘chalari;
5.
Yunusobod tumani: Matbuotchilar, Sayilgoh, Sh.Rashidov ko‘chalari;
6.
Yakkasaroy tumani: Bobur, X. Umarov, KXAY, A. Qahhor, Nukus, Kichik Beshog‘och, H. Sulaymon, Glinka, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Yakkasaroy 1 va 2-tor ko‘chalari, Boshliq 1-tor ko‘chasi, Nurmuhammedov, Komil Yashin, Safdosh, Muqimi, Suqrot, Muqimi 1 - tor kucha, Shoxjahon, Akromxo‘jayev, Imom At-Termiziy, O‘rikzor, O‘rikzor 1-tor, Jamshid Shoshiy 1-tor, Belariq, Toshbuloq, Bobir Boboyev, Askiya, Abdulla Avloniy, Yusuf Xos Hojib, Jiydazor, Bratislava, Mirobod, Ko‘xinur, Tafakkur, Bog‘saroy, Vohidov, Sarabo‘ston, Yunus Rajabiy, Samarqand ko‘chalari, “Boshliq”, “Qushbegi”, “Rakat” mavzelari;
7.
Sergeliyskiy tumani: S. Talipov, M. Xadar, Oltin Vodiy ko‘chalari, Islom Karimov nomli Xalqaro Aeroport;
8.
Yashnobod tumani: S. Azimov, Elbek, To‘y-tepa, Istiqlol, Istiqbol, Shahrisabskaya, Maxtumquli ko‘chalari.
Yangiliklar lentasi
0