Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi — xarita

© Sputnik / Aktan TemirkanovDorojnie znaki na ulitse Tarasa Shevchenko
Dorojnie znaki na ulitse Tarasa Shevchenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Iftixor ko‘chasi bilan Ko‘rgazma ko‘chasi oralig‘idagi qismida issiqlik quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Iftixor ko‘chasi bilan Ko‘rgazma ko‘chasi oralig‘idagi qismida issiqlik quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
Ayni paytda avariya-tiklash guruhi tomonidan issiqlik quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu sababli, yo‘lning ushbu qismi 10-sentabrdan 11-sentabr soat 04:00 ga qadar yopiladi.
© Press-slujbi xokimiyata goroda TashkentaChast ulisi Maloy kolsevoy dorogi vremenno perekroyut
Chast ulisi Maloy kolsevoy dorogi vremenno perekroyut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2023
Chast ulisi Maloy kolsevoy dorogi vremenno perekroyut
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0