O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80-yilligi yubileyi o‘tkaziladi — sana

© Sputnik / N. KlyuchnevInstitut yadernoy fiziki Akademii nauk Uzbekskoy SSR. Arxivnoe foto
Institut yadernoy fiziki Akademii nauk Uzbekskoy SSR. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023-yil 12–14 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80-yilligi yubileyi o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80-yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023-yil 12–14 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Shunga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
“Ilm-fan – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusida xalqaro konferensiya;
Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi;
Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov;
“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi” ekspozitsiyasi.
Yangiliklar lentasi
0