O‘zbekiston para taekvondochilari OChda ikkinchi o‘rinni egallashdi

© Press-slujba Ministerstva molodojnoy politiki i sportaParataekvondisti Uzbekistana zavoyevali 11 medaley na ChA
Parataekvondisti Uzbekistana zavoyevali 11 medaley na ChA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2023
Obuna bo‘lish
Para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati o‘zbekistonliklar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. 7-10 sentabr kunlari Livanning Bayrut shahrida bo‘lib o‘tgan para taekvondo bo‘yicha Osiyo ochiq chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar qildi.
Bu natija bilan O‘zbekiston umumjamoa hisobida 22 davlat orasida 2-o‘rinni egalladi.
Terma jamoa murabbiyi Bobur Qo‘ziyev esa musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
G‘olib va sovrindorlar
Oltin:
Javohir Aliqulov (-70 kg);
Asad Toshtemirov (-80 kg);
Guljanoy Naimova (+65 kg).
Kumush:
Qudrat Haydarov (-63 kg);
Asad Anvarov (+ 80kg);
Kamola Jo‘rayeva (-57 kg).
Bronza:
Qudratillo Sunnatov (-58kg);
Zuhriddin Tohirov (-63 kg);
Asil Husanov (-70 kg);
Qudrat Muhammadiyev (-80 kg);
Ziyoda Isoqova (-47 kg).
Yangiliklar lentasi
0