U-23 O‘zbekiston — Eron o‘yini qanday yakunlandi. Foto, video

© UFAU-23 Uzbekistan — Iran
U-23 Uzbekistan — Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-23 jamoasi saralash bosqichida guruhdagi eng kuchli raqibi — Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Bugun U-23 futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichidagi so‘nggi tur uchrashuvini o‘tkazdi.
© UFAU-23 Uzbekistan — Iran
U-23 Uzbekistan — Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
U-23 Uzbekistan — Iran

U-23 O‘zbekiston — Eron o‘yini 0:1 hisobida O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni Abbosbek Fayzullayev 47-daqiqada kiritdi.

© UFAU-23 Uzbekistan — Iran
U-23 Uzbekistan — Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
U-23 Uzbekistan — Iran
Aytish joizki, O‘zbekiston jamoasi ikki marotaba muvaffaqiyatli hujumni amalga oshirib, hujumchilar raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka chiqqan holatlar bo‘ldi. Xususan, 64-daqiqada Norchayev tezlik va mahorat hisobidan Eronning so‘nggi himoyachisini aldab o‘tdi, lekin darvozaga yo‘naltirilgan to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. 67-daqiqada esa Yo‘ldoshev bergan zarbasini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikkala vaziyatda ham O‘zbekiston hujumchilari chiroyli o‘yin namoyish etishdi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogiga yo‘llanma oldi. Eron jamoasi U23 saralash bosqich "E" guruhida O‘zbekistonning eng kuchli raqibi edi.
© UFAU-23 Uzbekistan — Iran
U-23 Uzbekistan — Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
U-23 Uzbekistan — Iran
Yangiliklar lentasi
0