Xorijdan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi

© Depositphotos.com / DimaberkutKompyuter qarshisidagi jarayon
Kompyuter qarshisidagi jarayon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2023
Obuna bo‘lish
2024 yildan notarial idoraga kelmasdan, mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni elektron raqamli imzodan foydalanib rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
2024 yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
2024 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 10 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
2024 yil yakunigacha qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish;
tadbirkorlarga nisbatan qo‘zg‘atilgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subyekti a’zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etish (xabar qilish).
2024 yil 1-yanvardan aholi punktlarida barcha yangi qurilayotgan ikki va undan ortiq polosali avtomobil yo‘llarida piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash majburiy etib belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0