https://oz.sputniknews.uz/20230913/anqara-moskva-milliy-valyuta-38848997.html
Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish masalasini muhokama qilmoqda
Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish masalasini muhokama qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish yo‘nalishlarini kengaytirishni faol muhokama qilmoqda.
2023-09-13T09:08+0500
2023-09-13T09:08+0500
2023-09-13T11:58+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
rossiya
turkiya
valyuta
rubl
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0d/38856801_0:0:1351:761_1920x0_80_0_0_6cc39775d924e59c150d54b71798dfd5.png
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Turkiya va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha faol munozaralarni boshladi. Bu haqda RIA Novostiga Turkiya yetakchisi ma’muriyatidagi manba ma’lum qildi.Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, milliy valyutalarga o‘tish jarayoni oson kechmaydi, lekin tomonlarning siyosiy irodasi va aniq vazifalar bor.Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabr oyi boshida turkiyalik hamkasbi Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Turkiya o‘rtasida to‘lovlarda milliy valyutalardan foydalanish tendensiyasi kuzatilayotgani, dollar va yevrodagi to‘lovlar ulushi kamayib borayotganini ma’lum qildi. O‘z navbatida Erdog‘an ikki tomonlama hamkorlikda milliy valyutalarga o‘tish muhimligini ta’kidladi.Turk biznesi Rossiyaning elektron tijorat kompaniyalari orqali rubl to‘lovlarini amalga oshiruvchi savdo operatsiyalarini oshirmoqda. Aydınlık gazetasiga ko‘ra, shu yilning yetti oyi davomida 428,8 million dollarlik eksport rublda to‘langan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/0d/38856801_138:0:1338:900_1920x0_80_0_0_45dacb127afa96082c987a291e8202e3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
anqara moskva milliy valyuta
anqara moskva milliy valyuta
Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish masalasini muhokama qilmoqda
09:08 13.09.2023 (yangilandi: 11:58 13.09.2023) Anqara va Moskva milliy valyutalarga o‘tish yo‘nalishlarini kengaytirishni faol muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Turkiya va Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha faol munozaralarni boshladi. Bu haqda
RIA Novostiga Turkiya yetakchisi ma’muriyatidagi manba ma’lum qildi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, milliy valyutalarga o‘tish jarayoni oson kechmaydi, lekin tomonlarning siyosiy irodasi va aniq vazifalar bor.
“Biz hozir rossiyalik hamkorlarimiz bilan milliy valyutalarga o‘tishimiz mumkin bo‘lgan sohalarni faol muhokama qilmoqdamiz. Bilasizki, bu jarayon energetika sohasida, gaz xarid qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorligimizdan boshlangan. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib bormoqda va bu boradagi ishlar samarasini ko‘rsatgan rahbarlarimizning ko‘rsatmalarini shunga yarasha bajarmoqdamiz”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sentabr oyi boshida turkiyalik hamkasbi Tayyip Erdog‘an bilan muzokaralardan so‘ng Rossiya va Turkiya o‘rtasida to‘lovlarda milliy valyutalardan foydalanish tendensiyasi kuzatilayotgani, dollar va yevrodagi to‘lovlar ulushi kamayib borayotganini ma’lum qildi. O‘z navbatida Erdog‘an ikki tomonlama hamkorlikda milliy valyutalarga o‘tish muhimligini ta’kidladi.
Turk biznesi Rossiyaning elektron tijorat kompaniyalari orqali rubl to‘lovlarini amalga oshiruvchi savdo operatsiyalarini oshirmoqda. Aydınlık gazetasiga ko‘ra, shu yilning yetti oyi davomida 428,8 million dollarlik eksport rublda to‘langan.