Bugun poytaxtning 4 tumanida gaz qisman o‘chiriladi — manzillar

© unsplash/Mykola MakhlaiGazovaya plita.
Gazovaya plita. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Yunusobod, Yashnobod,Sergeli tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Bugun, 13-sentabr kuni, Toshkentning Yunusobod, Yashnobod, Sergeli tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Yunusobod, Yashnobod,Sergeli tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Yunusobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
Gunafsha, Dalazor, Minor ko‘chalarida;
Ulgurji iste’molchilar - 1 ta.
Yashnobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
Birlashgan mahallasining Birlashgan ko‘chasida.
Sergeli tumanida soat 11:00 dan 16:00 gacha:
Qutbaraka mahallasining Navnihol ko‘chasida;
Uchuvchilar mahallasining Aviasozlar shaharchasi;
Nurhayot mahallasining Sergeli-3 mavzesida;
Saxovat mahallasining Sergeli-4 mavzesida;
Ulgurji iste’molchilar - 27 ta.
Uchtepa tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
Ulgurji va xususiy iste’molchilar - X.T “Rahimov”, “Mubina keramik”, “Sulton Trade” MChJ.
Yangiliklar lentasi
0