O‘zbekiston qo‘l jangi bo‘yicha Butunjahon sport o‘yinlarida birinchi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Butunjahon sport o‘yinlarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medalni (7 ta oltin, 1 ta kumush) qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 5−10 sentabr kunlari Italiyada o‘tgan Butunjahon sport o‘yinlarida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Bu haqda Qo‘l jangi federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqada qo‘l jangi sport turi bo‘yicha o‘nta vazn toifasidan oltitasida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medallarni qo‘lga kiritgan ayol sportchilar:
55 kg vaznda Guljahon Normatova (MG);
65 kg vaznda Nilufar Polvonova (Samarqand);
+70 kg vaznda O‘g‘iloy Jumanova (IIV).
Oltin medalni qo‘lga kiritgan erkak sportchilar:
65 kg vaznda Husniddin Sattorov (MG);
75 kg vaznda Daler Yuldoshev (MV);
80 kg vaznda Jasur Solijonov (IIV).
Shuningdek, yarim kontakt (semikontact) yo‘nalishida Sodirjon Mahmudov oltin medal, Nurillo Ibrohimov esa kumush medal sohibiga aylandi.
1/4

G‘oliblarni Toshkentda qarshi olish

2/4

G‘oliblarni Toshkentda qarshi olish

3/4

G‘oliblarni Toshkentda qarshi olish

4/4

G‘oliblarni Toshkentda qarshi olish

Butunjahon sport o‘yinlari musobaqasi ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Nufuzi jihatidan Olimpiada o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadi.
Bu yilgi o‘yinlar davomida 60 dan ortiq davlatdan bo‘lgan 6000 ga yaqin sportchilar ishtirok etgan. Ular jami 30 ta sport turi bo‘yicha bellashishgan.
Yangiliklar lentasi
0