O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlari yuqori palatalari hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata vstretilas v Dushanbe s Predsedatelem Madjlisi milli Madjlisi Oli Respubliki Tadjikistan Rustamom Emomali.
Predsedatel Senata vstretilas v Dushanbe s Predsedatelem Madjlisi milli Madjlisi Oli Respubliki Tadjikistan Rustamom Emomali. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
Senat raisi Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Dushanbeda Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenat raisi Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi.
Predsedatel Senata vstretilas v Dushanbe s Predsedatelem Madjlisi milli Madjlisi Oli Respubliki Tadjikistan Rustamom Emomali. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Senat raisi Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi.
Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga moslashish sharoitida gender tenglikka erishish” mavzusida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Dushanbeda bo‘lib turibdi.
Ta’kidlanishicha, suhbatda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston hamda Tojikiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy gumanitar, ayniqsa, parlamentlararo muloqotni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenat raisi Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi..
Predsedatel Senata vstretilas v Dushanbe s Predsedatelem Madjlisi milli Madjlisi Oli Respubliki Tadjikistan Rustamom Emomali. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Senat raisi Tojikiston Majlisi Oli Majlisi milli raisi Rustam Emomali bilan uchrashdi..
Xususan, ikki mamlakat parlament yuqori palatalari o‘rtasida tuzilgan do‘stlik guruhlari faoliyatini yanada jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasi e’tirof etildi. Qo‘shma madaniy tadbirlar, jumladan ziyolilarning ikki tomonlama forumlarini, san’at ustalarining qo‘shma konsert va gastrollarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Majlisi milli Majlisi Oli o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Unda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan qo‘shma parlament monitoringini amalga oshirish, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish masalalari aks etdi.
Shuningdek, oliy darajadagi tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ustidan birgalikda monitoring olib borish mexanizmini takomillashtirish, parlament faoliyati sohasida o‘zaro tajriba almashish, chegaradosh viloyatlar va tumanlar deputatlari o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va qabul qilishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0