Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 14-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota ekipaja samoxodnogo minomota 2s4 "Tulpan" SVO na Krasnolimanskom napravlenii.
Rabota ekipaja samoxodnogo minomota 2s4 Tulpan SVO na Krasnolimanskom napravlenii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. O‘tgan kun davomida dushmanning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 800 dan oshdi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 14-sentabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Klesheyevka, Andreyevka, Berdichi va 1-may aholi punktlari hududlarida UQKning 80-havo desant va 59-moto piyoda brigadalarining sakkizta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 350 nafar harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, beshta texnika, uchta AQShda ishlab chiqilgan M777 va M109 artilleriya tizimlari, shuningdek, bitta D-30 gaubitsasini tashkil qildi.
DXRning Dileyevka posolkasi hududida UQK 28-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Verbovoe qishlog‘i hududida Ukrainaning 82-havo hujum va 71-o‘rmonchi brigadalarining 3 ta hujumni qaytardi. UQK yo‘qotishlari 95 nafar harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashinasi va uchta avtomobilni tashkil qildi. Artilleriyaga qarshi kurash davomida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, shuningdek, M119, Msta-B, D-20 va D- 30 gaubitsalari va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi Zaporojye viloyati, Priyutnoe qishlog‘i hududida UQKning 128-hududiy mudofaa brigadasi hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 140 nafar harbiy xizmatchi, bir tank, ikkita zirhli jangovar mashina va uchta mashinani tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Chervonaya Dibrova qishlog‘i yaqinida UQKning 63-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujumini qaytardi.
DXRning Seversk, Grigorovka va Serebranka aholi punktlari hududlarida dushmanning shaxsiy tarkibi va texnikasiga keng qamrovli zarba berildi. Ukrainaning 55 nafar harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomobili va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyati, Sinkovka aholi punkti hududida UQKning 30-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujumini qaytardi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari kuniga 130 nafar harbiy xizmatchi, ikkita piyoda jangovar mashinasi va uchta mashinani tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jang davomida AQShDa ishlab chiqilgan M777 va M109 "Paladin" artilleriya moslamasi, shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-36 radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Berestovoe va Tixoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalarining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida artilleriya zarbalari natijasida 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina, yettita avtomobil va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi UQKning 143 ta hududda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Bundan tashqari, DXRning Novopavlovka aholi punkti hududida havo nishonlarini aniqlash va kuzatishga mo‘ljallangan P-18 radar stansiyasi yo‘q qilindi.
DXRNing Serebranka va Krasniy Liman aholi punktlari hududlarida ikkita nazorat punkti: 100-hududiy mudofaa brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 15-polkiga zarba berildi.
Zaporojye viloyati Trudovoe qishlog‘i hududida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori vayron qilingan.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Krasniy Liman qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Havo mudofaa kuchlari kun davomida AQShda ishlab chiqilgan to‘rtta HIMARS raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, 24 soat ichida Verxnekamenka, Topolevka, Peski, Vasilevka, Krasnaya gora, Novofedorovka, Vasilevka, Aleshki va Novaya Kaxovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 53 ta uchuvchisiz uchish apparati elektron kurash vositalari yordamida yo‘q qilindi va bostirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 467 ta samolyot, 249 ta vertolot, 6 759 ta uchuvchisiz uchish apparati, 437 ta zenit-raketa tizimi, 11 826 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1150 ta reaktiv tizimlari jangovar texnikasi, 6374 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12982 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0