Misrda akula sayyohga hujum qildi

Akula. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
Misr atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining aniqlik kiritishicha, jabrlanuvchi shu davlat fuqarosi bo‘lgan, unga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Misrning Dahab kurortida akula sayyoh ayolga hujum qildi. Bu haqda “El Manshar” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, jabrlanuvchining qo‘lini kesib tashlashga to‘g‘ri keldi.
Akula hujumi haqida Rossiya OAVlariga guvoh ham ma’lumot berdi.

“Menga akula ayolga hujum qilib, uning yelkasidan tishlaganini aytishdi. Keyin hamma katerlarda ikki soatcha akulani ortidan quvishdi. Uni tutishganiga shubham bor, ehtimol, ular akulani uzoqroqqa haydashgan”, – deya izoh berdi guvoh “Moskva 24”ga.

Misr atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining aniqlik kiritishicha, jabrlanuvchi shu davlat fuqarosi bo‘lgan, unga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozir uning ahvoli barqaror.
Iyun oyida Xurgadada 1999-yilda tug‘ilgan rossiyalik akula hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0