O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Katara.
Flagi Uzbekistana i Katara. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2023
Obuna bo‘lish
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Qatar bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilinadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar Davlati hukumatlari o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi oxirida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida imzolangan iqtisodiy bitimlar tasdiqlangandi.
Yangiliklar lentasi
0