Markaziy Osiyoda suv tanqisligi yanada yomonlashadi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZasedanie Soveta glav gosudarstv-uchrediteley Mejdunarodnogo fonda spaseniya Arala
Zasedanie Soveta glav gosudarstv-uchrediteley Mejdunarodnogo fonda spaseniya Arala - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: Markaziy Osiyoda suv va ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatlaridan ko‘rilgan iqtisodiy zarar mintaqa yalpi mahsulotining 11 foizini tashkil qilishi mumkin.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammosi o‘tkir va qaytarib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi va bundan ham og‘irlashadi. Bu haqda Shavkat Mirziyev Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ma’lum qildi.
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda suv va ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatlaridan ko‘rilgan iqtisodiy zarar mintaqa yalpi mahsulotining 11 foizini tashkil qilishi mumkin.
“Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammosi keskin va qaytarilmas holga keldi va bundan keyin ham yomonlashadi. Mutaxassislarning fikricha, Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida 2040-yilga borib suv resurslariga yuk 3 barobar ortadi”, — dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, u suv resurslarining taqchilligi va samarasiz foydalanishi tufayli mintaqa davlatlari har yili 2 milliard dollargacha zarar ko‘rishini qayd etdi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi uzoq muddatga Fond doirasida kelgusida kelishilgan qadamlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etadi.
Yangiliklar lentasi
0