Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston U 23 tarkibi e’lon qilindi

© UFAU-23 Uzbekistan
U-23 Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan qit’aning eng yirik sport musobaqasiga O‘zbekiston olimpiya jamoasi 22 futbolchi bilan yo‘l oladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Timur Kapadze Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston U-23 terma jamoasining tarkibini e’lon qildi
Xitoyda Xanchjou shahrida o‘tkaziladigan qit’aning eng yirik sport musobaqasiga O‘zbekiston olimpiya jamoasi 22 futbolchi bilan yo‘l oladi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston olimpiya jamoasi tarkibi
Sostav olimpiyskoy sbornoy Uzbekistana, kotoriy budet uchastvovat na Aziatskie igrax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
O‘zbekiston olimpiya jamoasi tarkibi
Darvozabonlar: Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”), Vladimir Nazarov (“Neftchi”), Otabek Boymurodov (“Paxtakor”).
Himoyachilar: Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”), Mahmudjon Mahamadjonov (“Bunyodkor"), Alibek Davronov (“Nasaf”), Saidazamat Mirsaidov (“Olimpik”), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (“Nijniy Novgorod”, Rossiya), Shohjahon Sultonmurodov (“Surxon”), Eldor Begimov (“Olimpik”), Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar: Ibrohim Ibragimov (“Olimpik”), Abdurauf Bo‘riyev (“Olimpik”), Jasurbek Jaloliddinov (“Olimpik”), Behzod Shamsiyev (“Surxon”), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Sherzod Esanov (“Olimpik”).
Hujumchilar: Alisher Odilov (“Olimpik”), Husayn Norchayev (“Alaniya”, Rossiya), Ulug‘bek Hoshimov (“Neftchi”), Ruslanbek Jiyanov (“Nijniy Novgorod”, Rossiya), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (“Olimpik”).
Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalari 19-sentabr kuni boshlanadi. Osiyo o‘yinlari guruh bosqichida O‘zbekiston vakillari Suriya, Gonkong va Afg‘onistonga qarshi maydonga tushadi.
"S" guruhi
1-tur: O‘zbekiston – Afg‘oniston (20 sentabr, soat 13:00)
2-tur: O‘zbekiston – Gongkong (22 sentabr, 16:30)
3-tur: O‘zbekiston – Suriya (25 sentabr, 13:00).
O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0