Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning ayrim tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Bektemir va Mirobod tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Bektemir tumani: "Gulbog‘" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Mirobod tumani: "Istiqlolobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0