Bugun poytaxtning 2 tumanida gaz qisman o‘chiriladi — manzillar

Gaz plitasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2023
Obuna bo‘lish
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Bugun, 18-sentabr kuni, ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Yashnobod va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Yashnobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Chinor, Quruvchilar, Inoqobod va Muqumiy mahallalari:
Aholi xonadonlari soni – 1520 ta;
Ulgurji iste’molchilar soni – 21 ta.
Uchtepa tumani (11:00 dan 16:00 gacha): Foziltepa mahallasi:
Aholi xonadonlari soni – 1100 ta;
Ulgurji iste’molchilar soni – 8 ta.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0