OChL: “Paxtakor”-“Al-Ayn” o‘yini qayerda o‘tkaziladi?

© FC PAKHTAKOR"Paxtakor"
Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Bugun, 19-sentabr kuni O‘zbekistonning "Paxtakor" futbol klubi Chempionlar Ligasi 1-turida BAAning "Al-Ayn" jamoasini qabul qiladi. Bu haqda "Paxtakor" futbol klubi Telegram kanalida xabar berildi.
O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
"Paxtakor" va "Al-Ayn" o‘yinidagi qiziqarli vaziyatlar va gollar videosini Sputnik Telegram kanalida kuzatib boring
"Sherlar" ushbu jamoaga qarshi 4-marta to‘qnash kelgan. 2010-yil Al Aynda 1:0, Toshkentda 3:2 hisobida g‘alabaga erishilgan. 2015-yil esa Toshkentda raqib 1:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, mehmonda 1:1 natijasi qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0