Amerikaning F-35 qiruvchisi haqidagi afsonalar puchga chiqmoqda

© Foto : U.S. Air Force / SSGT JOELY M SANTIAGOAmerikanskiy istrebitel F-35.
Amerikanskiy istrebitel F-35. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Amerikaning yashirin qiruvchi samolyotlari AQSh va NATOning texnologik ustunligi haqidagi afsonani yo‘q qilmoqda.
18 sentabr kuni AQSh janubi-sharqida – Janubiy Karolina shtatida Bofort harbiy-havo kuchlari dengiz pexotalari korpusining yana bir F-35B Lightning II samolyoti noma’lum sababga ko‘ra qulab tushdi.
Bu ajablanarli emas, chunki “Molniya” da yuzlab tuzilmaviy nuqsonlar va dasturiy ta’minot xatolar mavjud. Samolyot Pentagon tomonidan seriyalab ishlab chiqarilishga ruxsat etilmagan va Amerika ittifoqchilariga muvaffaqiyatli sotilgan, chunki aks holda bu ular uchun yanada yomonroq bo‘ladi.
Uchuvchi katapulta yordamida xalos bo‘lgan va tez orada kasalxonaga jolashtirilgan. Qiymati 80 million dollardan ortiq bo‘lgan “Molniya” (F-35B modifikatsiyasi qisqa parvoz va vertikal qo‘nishning texnologik imkoniyati tufayli eng qimmat texnikalardan) bir muddat avtopilot rejimida uchgan. Transponder allaqachon ishlamayotgan edi, shuning uchun qulash joyini topish uzoq vaqt oldi. Havo bazasi qo‘mondonligi hatto yordam so‘rab Janubiy Karolinaning mahalliy aholisiga murojaat qilgan.
Samolyot qoldiqlari “Charlston qo‘shma bazasidan ikki soat shimoli-sharqda” topilgan. Shunday qilib, F-35B “zombi holatida” Merion ko‘lidan kamida 100 km uzoqlikkacha uchgan. Tushunib bo‘lmaydigan katapulta holati va tinch aholiga katta xavf tug‘dirgan – avtopilotdagi F-35B yuzlab kilometr masofani bosib o‘tishi va shtatning aholi zich joylashgan hududiga qulashi mumkin.
Amerikaliklar darhol “yashirin” qiruvchilar bilan aloqador bir nechta shunga o‘xshash, g‘alati vaziyatlarni esladilar.
2022 yil dekabr oyida F-35B AQShning Texasdagi Fort-Uort harbiy-dengiz havo stansiyasida xuddi shunday halokatga uchragan. Samolyot qo‘nish vaqtida muammo hosil qilib, oldingi qo‘nish moslamasi chiqib ketgan. F-35B burni yerga teggan, muvozanatni saqlashga harakat qilgan, qanoti bilan betonga urilgan va uchuvchi katapulta yordamida samolyotni tark etgan.
Sal avvalroq, oktabr oyida Yuta shtatidagi Hill havo kuchlari bazasida AQSh harbiy-havo kuchlari dasturiy ta’minotdagi muammolar tufayli F-35A samolyotini yo‘qotgan – samolyotni qo‘lda boshqarish ish bermagan.
2018 yilning may oyida Floridadagi Eglin havo kuchlari bazasida F-35A qiruvchi samolyoti qo‘nish paytida halokatga uchragan.
2018 yil 28-sentabr kuni AQSh dengiz pexotasi korpusining F-35B qiruvchi samolyoti Janubiy Karolinadagi Bofort aviabazasi yaqinida halokatga uchragan.
2019 yil 9-aprelda Yaponiya Harbiy-havo kuchlari F-35A halokatining sababi sir bo‘lib qolmoqda – samolyot Misava aviabazasidan 135 km uzoqlikda Tinch okeaniga qulagan.
Amerikaliklar 20-yil davomida “istisno” F-35 ni ishlab chiqish dasturiga yuzlab milliard dollar sarmoya kiritdilar, ammo beshinchi avlod darajasigacha chiqishga ulgira olmagan samolyot obro‘si yer bilan bitta bo‘ldi. Baxtsiz hodisalar darajasi juda yuqori.
2023 yilda 150 ga yaqin “Molniya” ishlab chiqarish rejalashtirilgan, ammo Pentagon hali hanuz “xom” F-35 ni to‘liq hajmda ishlab chiqarishga ruxsat bermagan.

Maysazorga ko‘rk berib turuvchi bezak

F-35 samolyoti nihoyatda yuqori narxlar va past texnik tayyorgarlik xususiyatlari bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Qiruvchi-bombardimonchi “800 ta ishlab chiqarilish xatosidan aziyat chekmoqda” va “yangi muammolar” doimiy ravishda jarayonda aniq bo‘lmoqda. Amerikalik ekspertlarning fikricha, ishlamaydigan dasturiy ta’minotli “uchar kompyuter” F-35 – “trillion dollarlik maysazorga ko‘rk berib turuvchi bezak” bo‘lmoqda.
Agar “ertaga urush boshlansa – Vladimir Putin NATO ga hujum qilsa yoki Si Szinpin Tayvanni egallashga qaror qilsa” chala “Molniya” foyda bermaydi.
Pentagon dushmanning radio-elektron urush tizimlari F-35 kompyuterlarini shunchaki “o‘chirib qo‘yishi” mumkinligidan qo‘rqmoqda. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya paytida, Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i – UQK ni aloqa va jangovar nazorat qilishning texnologik asosi allaqachon bunday aralashuvga duch kelgan.
“Molniya” tizimidagi kamchiliklarga, F135 (Pratt & Whitney)dvigatelidagi muammolarga, interfeys, uchuvchini kislorod bilan aslida ta’minlay olmaydigan shlemni hisobga olmagan holda ham muammo yetarlicha.
Hatto jangovar bo‘lmagan operatsiyada ham F-35 tovushdan yuqori tezlikda parchalanishi, to‘pi bilan o‘ziga zarba berishi, chaqmoq ta’sirida shikastlanishi, qo‘nish paytida halokatga uchrashi yoki parvoz paytida dengizga qulashi mumkin (faqat faktlar).
Shunga qaramay, F-35 Amerikaning ittifoqchilariga yaxshi sotilmoqda.
AQSh Davlat departamenti 13-sentabr kuni Kongressga Janubiy Koreyaga zaxira dvigatellari va boshqa jihozlari bo‘lgan 25 ta F-35 qiruvchi samolyotini 5 milliard dollarga sotishni ma’qullagani haqida ma’lum qildi. Natijada Janubiy Koreyaning “Molniya” parki hozirgi 60 tadan 85 tagacha oshadi. Bu Qo‘shni Shimoliy Koreya va Xitoyning yadroviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda pulni mutlaqo behuda sarflashdir.
Seul qiruvchi aviatsiyasi AQSh ittifoqchilari orasida eng jangovar aviatsiya hisoblanadi. F-35 ning Janubiy Koreyadagi ishonchliligi va samaradorligi shubha ostiga olindi. 2021-yil yanvaridan 2022-yilning iyunigacha bo‘lgan 18 oylik tekshiruvlar davomida 234 ta nuqson, jumladan 172 ta “uchirib bo‘lmaydigan” holat, 2021-yilda 45 ta ma’lum missiyalardagi nosozliklar va 2022-yilda ozgina yaxshilanish aniqlangan. Shunday qilib, o‘tgan yilning yanvar oyida koreys F-35 samolyoti qo‘nish moslamasi ishlamay qolganidan keyin “qorin qismi bilan qo‘nishga” majbur bo‘lgan edi.
Yevropada Buyuk Britaniya, Norvegiya, Italiya, Gollandiya va Daniya havo kuchlari Pentagon tomonidan tasdiqlanmagan (rasmiy ravishda, jangovar tayyor bo‘lmagan) “Molniya” larni oldi. Navbatda Polsha, Ruminiya va Chexiya.
Albatta, Amerikaning ishonchsiz F-35 qiruvchi samolyotini sotib olishdan bosh tortish “demokratiya”ga xiyonat qilish bilan barobar. Ayni paytda Pentagon kelajakda Yevropa (NATO) “Molniya” flotini taktik yadroviy qurollar bilan qurollashni va ularni Rossiyaga qarshi yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Amerikaliklar baxtsiz hodisalar va halokatlarning sabablarini oshkor etmayaptilar, ammo haqiqatni yashirib bo‘lmaydi.
F-35 ning korpusi 60 soniya davomida 1 Max tezlikda parvozdan so‘ng parchalana boshlaydi – yuqori texnologiyali dushmanning radarlariga samolyotning ko‘rinishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi (Rossiya qiruvchilarining radarlari va havo mudofaasi tizimlari Boltiq dengizi ustidagi F-35 ni juda yaxshi ko‘radi).
“Yashirin qiruvchi” o‘zi aniqlanishidan oldin dushmanni yo‘q qilish kabi F-35 ning mohiyati amalda hech qachon sinab ko‘rilmagan.
AQSh Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, beshinchi avlod F-35 va F-22 samolyotlarining sifat va miqdoriy xususiyatlari (Pentagonda atigi 700 ta bor) rejalilardan sezilarli darajada orta qolmoqda.
AQSh F-35 flotining deyarli uchdan ikki qismi, ya’ni AQSh havo kuchlari va dengiz flotining taxminan 440 ta samolyoti jangovar missiyalarni bajara olmaydi.
Amerika “afsonaviy” harbiy-sanoat majmuasi texnologik jihatdan dunyoda yagonadir.
Yangiliklar lentasi
0