O‘zbekistonlik bokschilar Anapadagi xotira turnirida ishtirok etadi

Boks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida boks bo‘yicha "Nikolay Pavlyukov xotira turniri" o‘tkaziladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Joriy yil 21-25 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida boks bo‘yicha "Nikolay Pavlyukov xotira turniri" o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik yosh bokschilar ham ishtirok etishadi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
O‘zbekiston vakillari quyidagi tarkibda Anapaga yo‘l oldi:
-63,5 kg: Dalerjon Bozorov;
-67 kg: Shahboz Yunusaliyev;
-71 kg: Kamronbek Shukurjonov;
-75 kg: A’loxon Abdullayev;
-92 kg: Abdulla Rajabov.
Murabbiy: Adiz Sharipov
Shuningdek, o‘zbekistonlik Valixan Anashov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Chechenistonda o‘tkazilgan "Axmat Qodirov xotira turniri"da O‘zbekiston vakillari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgandi.
Yangiliklar lentasi
0