OAV: AQSh Ukrainaga ATACMS raketalarini yaqin kelajakda yetkazib bermaydi

CC0 / U.S. Army / Amerikanskiy operativno-takticheskiy raketniy kompleks MGM-140 ATACMS s ballisticheskoy raketoy maloy dalnosti
Amerikanskiy operativno-takticheskiy raketniy kompleks MGM-140 ATACMS s ballisticheskoy raketoy maloy dalnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Pentagon vakilining RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, AQShning ATACMS yetkazib berish bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmagan.
TAShKENT, 21 sen — Sputnik. Ukraina yaqin kelajakda AQShdan so‘ragan ATACMS operativ-taktik raketalarini olmaydi. Bu haqda “Fox News” telekanali muxbiri nomi oshkor etilmagan rasmiylarga tayanib xabar berdi.
“Qrim va Rossiya nazoratidagi hududlarda joylashgan Rossiya kuchlarini yo‘q qilish uchun Zelenskiy zudlik bilan so‘ragan ATACMS — 190 milya masofaga uchadigan taktik ballistik raketalarni yaqin kelajakda olmaydi”, — deb yozdi muxbir Lukas Tomlinson X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Payshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda Vladimir Zelenskiyni qabul qiladi va OAV xabarlariga ko‘ra, unga yana bir yirik harbiy yordam paketi tayyorlanmoqda.
Pentagon vakilining RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, AQShning ATACMS yetkazib berish bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmagan.
Amerika OAVlari yaqinda Ukrainaga HIMARS zalp hujum reaktiv tizimi tomonidan 300 kilometr masofada uchirilishi mumkin bo‘lgan ATACMS — operativ-taktik raketalarni topshirish bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishishlariga oz qolganligini yozishgan edi.
Pentagon sentabr oyi boshida Jo Bayden prezidentligi davrida AQShning Ukrainaga bergan harbiy yordamining umumiy miqdori 44,4 milliard dollardan, Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri esa 43,7 milliard dollardan oshganini e’lon qildi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda” deb ta’kidladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainani G‘arb qurol-yarog‘i bilan ta’imnlash Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Lavrov AQSh va NATOning Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etishini, jumladan, “nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlar hududidagi mutaxassislarni tayyorlash bilan ham shug‘ullanayotganini ta’kidladi”.
Yangiliklar lentasi
0