Endi O‘zbekiston banklari va brokerlar Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin

© Sputnik / Ruslan KrivobokValyutnie torgi. Arxivnoe foto
Valyutnie torgi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati valyuta savdosida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Endi O‘zbekiston banklari va brokerlari Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin. Bu haqda Rossiya hukumati tomonidan imzolangan tegishli hujjatda nazarda tutilgan.
Rossiya hukumati valyuta savdosida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, xorijiy kredit tashkilotlari, do‘st va neytral davlatlarning brokerlariga Rossiya valyuta bozorida, shuningdek derivativlar bozorida savdo qilishga ruxsat beriladi.
Bunday davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash haqidagi farmoyishni mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan.
"Ro‘yxatga 30 dan ortiq davlat kiritilgan. Bular Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Jazoir, Bangladesh, Bahrayn, Braziliya, Venesuela, Vetnam, Misr, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Xitoy, Kuba, Malayziya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tailand, Turkiya, Janubiy Afrika", — deyayilgan hujjat matnida.
Ushbu normalar do‘st va neytral mamlakatlar milliy valyutalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri konvertatsiya qilish mexanizmi samaradorligini oshirish va Rossiya iqtisodiyotining milliy valyutada hisob-kitoblarga bo‘lgan talabini qondirish uchun rublga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kotirovkalarni shakllantirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva birjasining pul bozori departamenti direktori Sergey Titov pul-valyuta bozori Rossiya moliya bozorining eng yirik segmenti ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva birjasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va boshqa Rossiyaga do‘st bo‘lgan davlatlar milliy valyutalarini almashtirish uchun mahalliy markazga aylanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0