O‘zbekistonda so‘nggi 8 oy ichida necha kishi ovqatdan zaharlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTez yordam mashinasi, arxiv surat
Tez yordam mashinasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlangan. Ularning 2 nafari vafot etgan.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yilning 8 oyi davomida 414 nafar kishi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, keyingi paytlarda respublika aholisi o‘rtasida umumiy ovqatlanish shoxobchalari, to‘yxonalar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, uy sharoitida tayyorlangan, sifatsiz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq guruhli ovqatdan zaharlanish va “botulizm” kasalliklari qayd etilishi ortib bormoqda.
“Joriy yilning 8 oyi mobaynida 39 ta holatda guruhli kasallanish qayd etildi. Undan 414 nafar fuqaro jabrlandi. Jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir”, - dedi Otabekov.
Uning aniqlik kiritishicha, 2 nafar fuqaro esa vafot etgan.
Qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi sabablari tahlil etilganda:
– aksariyat umumiy ovqatlanish obyektlari, nodavlat ta’lim muassasalari oshxonalari sanitariya qoida va meyorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotganligi (oshxonalar loyiha bo‘yicha qurilmagan, asosiy va yordamchi sexlar tashkil etilmagan, issiq suv bilan ta’minlanmagan va h.k.);
-oshxonalarning jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan va mavjudlari esa ma’nan eskirgan yoki nosoz holatda ekanligi;
– taom tayyorlash uchun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi;
– umumiy ovqatlanish obyektlari oshpazlarining ko‘pchiligi soha bo‘yicha o‘qimaganligi, ularning taom tayyorlash texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish qoidalarini bilmasligi;
– aksariyat hollarda “Sanitariya minimumi” o‘quv kurslarida o‘qimagan, sanitariya qoida va meyorlari, epidemiyaga qarshi elementar talablarni bilmaydigan, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar ishga jalb etilayotgani aniqlandi.
Quyichirchiq tumanidagi 24-son davlat bolalar bog‘chasi, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2023
Toshkent viloyatidagi bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlandi — Sanepidqo‘mita
Yangiliklar lentasi
0