Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda — O‘zbekistonda 22-sentabr uchun ob-havo

© unsplash/Felix MittermeierOblaka i molniya.
Oblaka i molniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ba’zi tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zgidromet ertaga, 22-sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ba’zi tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0