O‘zbekistonlik yosh olimlar Eronda stajirovka o‘tashi mumkin bo‘ladi

© unslash/Lucas VasquesMujchina provodit issledovaniya
Mujchina provodit issledovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Jonibek Tavakalov boshchiligidagi delegatsiya Eronda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston yosh olimlari uchun Eronning yetakchi ilmiy tashkilotlarida stajirovka o‘tash imkoniyatlari yaratilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Jonibek Tavakalov boshchiligidagi delegatsiya Eronda xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Eron Milliy ilm-fan jamg‘armasi, Eron Agrar tadqiqotlar, ta’lim va rivojlanish tashkiloti hamda Eron saraton instituti, Saraton tadqiqotlar markazi va Eron ilg‘or klinik o‘quv markazi rahbariyati va jamoasi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
CC BY 4.0 / Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy / Uzbekistana sozdayutsya vozmojnosti dlya molodix uchenix provesti stajirovku v vedushix nauchnix organizatsiyax Islamskoy Respubliki Iran
Uzbekistana sozdayutsya vozmojnosti dlya molodix uchenix provesti stajirovku v vedushix nauchnix organizatsiyax Islamskoy Respubliki Iran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2023
Uchrashuv natijasida Eronning yuqoridagi tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston yosh olimlarini mazkur tashkilotlarda ilmiy stajirovka o‘tashlari yuzasidan tomonlar o‘rtasida memorandum va kelishuvlar imzolandi.
Muzokaralar natijasida Agentlik, Jamg‘arma va Eron milliy ilm-fan jamg‘armasi o‘rtasida 2023–2025 yillarda hamkorlikda ilmiy loyihalar tanlovini tashkil etish va moliyalashtirish yuzasidan memorandum imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0