Energetika vazirligi gaz va elektr energiyasi tannarxini ma’lum qildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishElektr energiyasi uzataish tarmoqlari, arxiv surat
Elektr energiyasi uzataish tarmoqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni, gazning bir kubometri 1890 so‘mni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda aholiga elektr energiyasi va gazni past tariflarda iste’mol qilish uchun davlat budjetidan o‘rtacha 14 trillion so‘mdan ortiq yoki 1 milliard 150 million dollar subsidiya ajratilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, narx shakllanishining bozor mexanizmlari yo‘qligi sababli davlat energetika sohasini subsidiyalashga majbur bo‘lyapti, lekin sohani doimiy subsidiyalagan holda rivojlantirib bo‘lmaydi,
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1 kilovatt-soat elektr energiyasining tannarxi 970 so‘m. Bir oyda o‘rtacha 200 kilovatt-soat elektr energiyasi iste’mol qilinganda ham, davlat amalda har bitta iste’molchi uchun 135 ming so‘mdan subsidiya ajratmoqda. Mamlakatdagi iste’molchilar soni esa 7,4 million xonadonni tashkil etadi.
1 kub metr gaz tannarxi 1 890 so‘m. Isitish mavsumida 750 kub metr gaz yoqadigan bitta oila o‘rtacha 1 million 132 ming so‘m subsidiya olmoqda. Ayni paytda mamlakatdagi gaz iste’molchilarining jami soni 4,1 million xonadonni tashkil qiladi.
Bu degani bugun aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun o‘rtacha 14 trillion so‘mdan ortiq (1,15 mlrd dollar) subsidiyalar ajratilmoqda.
"Sohaning zarar bilan ishlayotgani hisobiga uni davlat budjetidan subsidiyalash kamomadga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy sohaga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishga imkon bermayapti. Buning natijasida esa aslida tizimni yangilashga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan mablag‘lar faqatgina paydo bo‘lgan ushbu tafovutni qoplashga sarflanmoqda", — deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, narxlarni to‘liq subsidiyalash o‘rniga sohaga bozor tamoyillarini joriy etish, iste’mol qilingan energiya uchun bozor talablaridan kelib chiqib haq to‘lanishi muhim.
2022 yilning may oyida elektr energiyasi tannarxi 1 kVt/soat uchun 800 so‘m, gaz 1 kubometr uchun 1400 so‘mni tashkil etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0