Toshkent metrosi poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik bilan tushayotgan yo‘lovchilarni ogohlantirdi

© Sputnik / Aktan TemirkanovKosmonavtlar metro bekati.
Kosmonavtlar metro bekati. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
So‘ngi 15 kun davomida 3-marta yo‘lovchilar poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik qilib tushishgan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent metrosida so‘nggi 15 kunda yo‘lovchilar 3-marta poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik qilib tushgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘ngi vaqtlarda metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni keskin ortdi. Natijada yo‘lovchilar tomonidan bir qancha tartib buzarliklar holatlari ham yuzaga kelmoqda.
Shulardan biri so‘ngi 15 kun davomida 3-marta yo‘lovchilar poyezd yo‘liga o‘zboshimchalik qilib tushishgan. Bekatda faoliyat olib boruvchi xodimlar zudlik bilan bu yo‘lovchilarni xavfsiz tarzda platformaga olib chiqishgan.
Yo‘lovchilar shaxsiy buyumlari tushib ketgani va uni olish maqsadida poyezd yo‘liga tushganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Xabarda metropoliten yo‘lovchilarni metrodan foydalanish vaqtida hushor va sergak bo‘lishga chaqirgan.

"Agarda bu kabi holatlarga duch kelsangiz, zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilish lozimligi eslatib o‘tamiz”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ma’lumot uchun, metro yo‘lida inson hayoti uchun xavfli hattoki o‘lim darajasiga olib boruvchi yuqori kuchlanishdagi (825 Volt) elektr toki mavjud. Masalan, 42 Volt kuchlanishdagi elektr toki inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Harakatlanish vaqtida yo‘lovchilardan quyidagilar talab qilinadi:
o‘zaro hurmatni saqlash;
poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik;
manzilga kelgach, poyezdan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish;
vagon eshiklariga suyanmaslik;
shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik.
Yuqoridagi talablarga amal qilmaslik metro vagonlari eshiklari ishdan chiqishiga, har xil nosozliklar kelib chiqishiga va buning natijasida oraliq intervallarning uzayib ketishiga olib keladi.
Shu bilan birga shuni alohida ta’kidlash joizki, metrodan doimiy tarzda foydalanuvchi yo‘lovchilar to‘lovni bank va transport kartalari orqali amalga oshirishsa, o‘z vaqtlarini tejashlari hamda kassa oldidagi tirbandlikni maksimal darajada kamaytirishiga zamin yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0