O‘zbekistonda "Antistrumin" tabletkalaridan foydalanish vaqtincha taqiqlandi

© Depositphotos.com / IgorVetushkoRuka v rezinovoy perchatke s tabletkoy na fone steklyannoy banochki
Ruka v rezinovoy perchatke s tabletkoy na fone steklyannoy banochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Bu qaror Namangan viloyatida 71 bola zaharlanganidan keyin qabul qilingan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi “Kaliy yodid 1 mg (0, 001g) tabletka №100 (Antistrumin)" dori vositasidan zudlik bilan foydanishni taqiqladi. Bu sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova imzolagan ko‘rsatma xatidan ma’lum bo‘ldi.
© Ta'lim nazoratiSSV ko‘rsatma xati
Posle otravleniya 71 rebonka v Namanganskoy oblasti Minzdrav Uzbekistana vvol zapret na ispolzovanie otechestvennogo yodosoderjashego preparata Antistrumin №100 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
SSV ko‘rsatma xati
Xat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari va "O‘zmedimpeks” MChJ va “Samo” kompaniyasiga yo‘llangan.
Doridan foydalanish laboratoriya xulosalari chiqqunga qadar taqiqlanadi.
Bu qaror Namangan viloyati Chust tumanida 71 bola, jumladan, to‘qqizta bog‘chaning 69 nafar tarbiyalanuvchisi va ikki nafar maktab o‘quvchisining zaharlanishidan keyin qabul qilingan. Ularning zaharlanishiga tarqatilgan bu dori vositasini sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlangani haqida xabar qilingan edi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozir bolalarning ahvoli qoniqarli, ulardan 20 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan. Bosh prokuratura bu holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
20 sentabrdan O‘zbekistonda "Yorqin millat" dasturi bo‘yicha yod bilan ta’minlash ishlari boshlandi. Yod preparatlari Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etiladi. Dori har chorshanba kuni tarqatiladi.
Yod tanqisligi ruhiy va aqliy qobiliyatlarning buzilishi, intellekt pasayish, buqoq rivojlanishi, qalqonsimon bezning ishdan chiqishi, bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishining sekinlashishi kabi holatlarga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0