Toshkentda Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi boshlandi – video

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkente otkrilas vistavka rossiyskogo obrazovaniya.
V Tashkente otkrilas vistavka rossiyskogo obrazovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2023
Obuna bo‘lish
Oleg Malginov Rossiya ta’limi bo‘lajak talabalar uchun kelajakka yo‘l ochishi va ko‘plab narsalarni berishini ta’kidladi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkent shahrida 22-23 sentabr kunlari Rossotrudnichestvo ko‘magidagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada Rossiyaning 53 ta oliygohlari o‘z ta’lim dasturlari bilan tanishtiradi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov va Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosari Pavel Shevsov va O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova qatnashishdi.
Bu ko‘rgazma-yarmarkaning asosiy maqsadi – oliy ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni ko‘rsatish va maktab bitiruvchilarini Rossiya ta’lim dasturlari bilan tanishtirish.
© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
1/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
2/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
3/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
4/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

1/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

2/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

3/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

4/4

Toshkentdagi Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi

Malginov Rossiya ta’limi bo‘lajak talabalar uchun kelajakka yo‘l ochishi va ko‘plab narsalarni berishini ta’kidladi.
“O‘zbekistonlik talabalar Rossiya ta’limini olayotganlar orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi. Rossiyada hozir O‘zbekistondan bo‘lgan 75 ming nafar talaba ta’lim olmoqda. O‘ylaymanki, ular soni yana ortadi”, - dedi Rossiya elchisi.
Rossotrudnichestvo rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazma o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya Federatsiyasining turli universitetlari, ta’lim dasturlari bilan yaqindan tanishtiradi.
“O‘zbekistonliklar Rossiya Federatsiyasi taqdim etayotgan barcha imkoniyatlarni ko‘rishi muhim. Ular Rossiyadagi eng yaxshi oliygohlardan birida ta’lim olib, o‘z davlatini rivojlantirishda hissa qo‘shishi biz uchun muhim”, - dedi Shevsov.
"Rossiya ta’limi. Toshkent-2023" ko‘rgazmasi 23-sentabrgacha davom etadi. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 47 (Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO)ning Toshkent filiali). Metro: "Buyuk ipak yo‘li" bekati.
Sputnik ko‘rgazmaning axborot hamkori.
Posol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Malginov: Rossiya ta’limi - bu brend
Yangiliklar lentasi
0