Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 24-sentabr uchun ob-havo

© Sputnik / Aktan TemirkanovSamarqanddagi Hazrati Xizr masjidi.
Samarqanddagi Hazrati Xizr masjidi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Obuna bo‘lish
Ertaga ayrim hududlar +32 darajagacha isiydi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Ertaga, 24-sentabr kuni eng issiq harorat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-14, kunduzi +25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11-16, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11-16, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6-11, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0