Rossiya havo hujumi bilan kurashish "juda qimmat va samarasiz" — Ukraina razvedkasi rahbari

© Foto : Spc. Christian DuplessieAmerikanskiy tank Abrams. Arxivnoe foto
Amerikanskiy tank Abrams. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Obuna bo‘lish
Kiyev Abrams tanklari uzoq yashay olmasligini tan oldi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Kiyev tomonidan kutilgan Abrams tanklari frontda "uzoq yashay olmaydi". Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Warzone portaligi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Ular juda aniq, yaxshi tayyorlangan operatsiyalarda qo‘llanilishi kerak, chunki agar ular front chizig‘ida va oddiygina qo‘shma qurolli janglarda ishlatilsa, ular jang maydonida uzoq vaqt omon qolmaydi", dedi u.

Shu bilan birga, Ukraina razvedkasi rahbari Ukraina qo‘mondonligi tomonidan kutilayotgan uzoq masofali ATACMS raketalari frontdagi "vaziyatni o‘zgartirmasligini" ta’kidladi.
Uning fikricha, Vashington Kiyevga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun bunday qurollarni "kamida yuzlab" yetkazib berishi kerak. Budanov Rossiya armiyasining aniq afzalliklarini tan olib, uning samolyotlariga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan kurashish "juda qimmat va samarasiz" ekanligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0