Rossiya O‘zbekistonga ayrim kolbasa mahsulotlari eksportini chekladi — tafsilotlar

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRosselxoznadzor O‘zbekistonga kolbasa eksportini chekladi
Rosselxoznadzor O‘zbekistonga kolbasa eksportini chekladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2023
Obuna bo‘lish
Rosselxoznadzor "Starodvorskie kolbasi" kompaniyasining tayyor go‘sht mahsulotlarini qator mamlakatlarga yetkazib berishga cheklovlar kiritildi.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Rosselxoznadzor O‘zbekistonga kolbasa eksportini chekladi. Bu haqda Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati xabar berdi.
Bir qator import qiluvchi mamlakatlarning veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilmaslik holatlari qayta-qayta aniqlanganligi sababli, Rosselxoznadzor "Starodvorskie kolbasi" OAJning tekshiruv hisobotlarini bekor qildi.
"Kompaniyaning tayyor go‘sht mahsulotlarini Abxaziya, Ozarbayjon, Gruziya, O‘zbekiston, Ukraina, Tojikiston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston, Vetnam, BAA va Seyshel orollariga yetkazib berishga cheklovlar kiritildi", — deyiladi xabarda.
Laboratoriya tekshiruvlari natijasida parranda go‘shtidan tayyorlangan kolbasalardan Enrofloksatsin antibiotiki, kolbasalarda esa “Karragenan” deb nomlanuvchi deklaratsiyalanmagan oziq-ovqat qo‘shimchasi aniqlangan.
Enrofloksatsin qoldiqlari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish antibiotiklarga qarshilik ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi va go‘sht mahsulotlarida karragenanning haddan tashqari miqdori allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0