Mirziyoyev Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha shavkata Mirziyeyeva i Nurlanbeka Shakiyeva.
Vstrecha shavkata Mirziyeyeva i Nurlanbeka Shakiyeva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhokama qilindi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha shavkata Mirziyeyeva i Nurlanbeka Shakiyeva.
Vstrecha shavkata Mirziyeyeva i Nurlanbeka Shakiyeva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbatda ikki tomonlama hamkorlik bugun yuksak darajaga chiqqani va sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilmoqda, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda, kooperatsiya loyihalari, shu jumladan, qo‘shma jamg‘arma investitsiyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish va istiqbolli loyihalarni ilgari surish, hududlar va ishbilarmonlar darajasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatlarda madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazishda yaqin parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi.
Ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
Tanzila Narbayeva va Nurlanbek Shakiyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Narbayeva Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0