Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida "svet" bo‘lmaydi — manzillar

Lampochka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2023
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Uchtepa, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Uchtepa tumani: "Uchtepa" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani: "Ko‘ksaroy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: "Jasorat", "Alisherobod" hamda "Ijodkor" MFYlarining ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0