Xanchjou-2022: Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaHasanboy Do‘smatov
Hasanboy Do‘smatov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2023
Obuna bo‘lish
Hasanboy Do‘smatov chorak finalga yo‘l oldi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov asosiy raqobatchilaridan birini mag‘lub etdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, qozog‘istonlik Saken Bibossinovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan u chorak finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining boks dasturida Parij-2024 Olimpiadasining yo‘llanmalari ham o‘ynaladi. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari 23-sentabr - 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda.
Sinyaya i krasnaya bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2023
Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0